Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprel oyining eng kuchli smartfonlari (reyting)

Aprel oyining eng kuchli smartfonlari (reyting)

Foto: «Xiaomi»

AnTuTu benchmarki aprel oyining eng kuchli smartfonlarini aniqladi.

Xiaomi kompaniyasi geymerlar uchun maxsus ishlab chiqargan Black Shark 5 Pro smartfoni 1062747 ball bilan birinchi pog‘onani band etdi.

Ikkinchi — Red Magic 7 Pro (1032494), uchinchi — Lenovo Legion Y90 (1023934).

Ushbu top-10 da Snapdragon 8 Gen 1 protsessori o‘rnatilmagan yagona smartfon Vivo X80 (Dimensity 9000 protsessori) to‘rtinchi o‘rinda joylashdi.

Shuningdek, iQOO 9, iQOO 9 Pro, Vivo X Note, iQOO Neo 6, Xiaomi 12 Pro va Realme GT2 Pro aprel oyining eng kuchli smartfonlari ro‘yxatiga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring