Birinchi marta! Insoniyat fazoviy jismni jilovladi
O‘tgan oy NASA ataylab asteroid bilan to‘qnashtirgan DART qurilmasi fazoviy jismni tabiiy orbitasini o‘zgartirishga majbur qildi.
«Bu insoniyat fazoviy jism harakatini o‘zgartirgan birinchi holat. Sayyoraviy mudofaa va insoniyat uchun burilish nuqtasi. Koinot bizga uloqtirgan narsalarni qaytarishga tayyormiz», — dedi NASA rahbari Bill Nelson.
Mavzuga oid: Asteroid atom bombasidan necha baravar kuchli?
Olimlar asteroid orbitasini 10 daqiqaga qisqartirishga umid qilishgandi, reja oshig‘i bilan uddalandi: DART bilan to‘qnashuv fazo «toshi» orbitasini 32 daqiqaga qisqartirdi.
«Endi asteroidning orbitasi 11 soat va 55 daqiqa o‘rniga 11 soat va 23 daqiqa», — qo‘shimcha qildi Nelson.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter