Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitiruvchilarga ish o‘rinlari taklif etildi

Bitiruvchilarga ish o‘rinlari taklif etildi

Foto: «Mitc.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda filiallarida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat, xo‘jalik boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining AKT bo‘yicha maxsus bo‘linmalarini mutaxassislar bilan ta’minlash, sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish, yosh, salohiyatli mutaxassislarni kompaniya, tashkilot va korxonalarga ishga joylash maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarkada sohaga taalluqli 100 ga yaqin korxona va tashkilot, muassasa, davlat boshqaruv idoralari talab etilayotgan ish o‘rinlari bilan qatnashmoqda.

Foto: «Mitc.uz»

Jumladan, «O‘zbektelekom» AK, «Matbuot tarqatuvchi» AK, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, «EMMM» DUK, «UNICON.UZ» DUK, Yagona integrator «UZINFOCOM» MChJ, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, AT «Aloqabank» shular jumlasidan.

Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning filiallarini jami 2809 nafar talaba bitiradi va ular aynan AKTning barcha bo‘g‘inlarida faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan.

Foto: «Mitc.uz»

Shuningdek, mehnat yarmarkasi bir vaqtning o‘zida yurtimizning quyidagi manzillarida bo‘lib o‘tmoqda:

  • Samarqand: TATU ning Samarqand filiali (ShohruhMirzoko‘chasi, 37a-uy)
  • Farg‘ona: TATU ning Farg‘ona filiali (Mustaqillikko‘chasi, 185a-uy)
  • Qarshi: TATU ning Qarshi filiali (Beshkenttrassasi 3 km)
  • Urganch: TATU ning Urganch filiali (Urganch shahri, Al-xorazmiyko‘chasi, 110-uy)
  • Nukus: TATU ning Nukus filiali (Nukus shahri, A.Dosnazarovko‘chasi, 74-uy)
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring