Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitkoin, eng yaxshi smartfonlar va albatta, spinner! 2017-yilning eng yaxshi gadjetlari va texnologiyalari

Bitkoin, eng yaxshi smartfonlar va albatta, spinner! 2017-yilning eng yaxshi gadjetlari va texnologiyalari

Foto: «Baymediasoft.com»

2017-yilda gadjetlar va texnologiyalar olamida ko‘plab olamshumul hodisalar yuz berdi. «Hi-tech.mail.ru» o‘tayotgan yilning eng yaxshi texnologiyalari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Yilning eng yaxshi Android-smartfonlari:«Samsung Galaxy S8» va «S8 Plus»

O‘tayotgan yilda yaxshi Android-smartfonlar juda ko‘p ishlab chiqarildi, biroq nashr «eng yaxsh smartfon» nomini «Samsung Galaxy S8» va «S8 Plus»ga berdi.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Ushbu qurilmalar Koreya kompaniyasining «Note 7» bilan bog‘liq omadsizlikdan so‘ng qayta oyoqqa turg‘azibgina qolmay, balki o‘zining dizayni bilan barchani hayratda qoldirdi ham.

Yangi «iPhone» va «Face ID»

Uch yildan buyon kutilgan narsa va nihoyat sodir bo‘ldi: «Apple» haqiqatda yangi «iPhone»ni taqdim etdi. Bundan oldingi 6s, 7 va 8 versiyalari 2014-yilda yaratilgan «oltinchi avlod»ning modifikatsiyalashgani bo‘lib kelayotgandi xolos. «iPhone X» esa umuman boshqa masala. Ushbu qurilma yaratuvchilarining amalga oshirgan eng qiziqarli qadami — «Home» tugmasi va «Touch ID»dan butunlay voz kechganidir. Buning o‘rniga ular «Face ID» — yuzni tanish tizimidan foydalandi.

Bitkoin

Qisqa vaqt ichida narxi ikki barobar ko‘tarilgan kriptovalyutaning birligi 20 ming dollarga chiqib, o‘zi aslida mavjud bo‘lmagan «tanga»ning rekord qiymati qayd etildi.

Spinner — yilning eng yaxshi gadjeti

2017-yilni shubhasiz «Spinnerni aylantirish yili» bo‘ldi deya atash mumkin.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Bir qarashda keraksiz va hech qanday foyda bermaydigan buyumdek, biroq butun yoz fasli davomida odamlar uni deb «aqldan ozdi». Bolalar va kattalar uni aylantirib yurgan bir vaqtda, xitoylik ishbilarmonlar millionlab nusxada spinner sotishga muvaffaq bo‘ldi.

«SpaceX»

Elon Mask va uning kosmik kompaniyasi odamlarni hayratga solishda davom etmoqda. 2017 yilning mart oyida kompaniya «Falcon 9» raketasi birinchi bosqichining takroriy startini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Elon Mask 2018-yilda o‘ta og‘ir «Falcon Heavy»ni uchirishni rejalashtirmoqda.

«Qualcomm Snapdragon 835» mobil protsessori

«Qualcomm Snapdragon 835» protsessori «Samsung Galaxy S8» va «Note 8», «Sony Xperia XZ Premium», «OnePlus 5T», «Xiaomi Mi6» va «Mix 2», «Google Pixel 2» va «Pixel XL», «HTC U11», «LG V30» va boshqa smartfonlarda muvaffaqiyatli foydalanildi. 2017-yilda taqdim etilgan aksariyat smartfonlar mazkur protsessorga ega.

«Nintendo Switch»

2017-yilning eng ommabop o‘yin qurilmasi «Nintendo Switch» bo‘ldi.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Yaponiyaning o‘zida taqdimotdan so‘ng uch kun ichida 330 mingta qurilma sotilgan. Shundan so‘ng Yevropa, Osiyo va AQSh estafetaga qo‘shildi. 2017-yildagi sotilgan qurilmalar soni millionlar bilan o‘lchanyapti. Qurilmani olib yurish imkoniyati va uni televizorga ulovchi stansiyaning mavjudligi muvaffaqiyat garovi sifatida ta’kidlanmoqda.

«DJI Spark»: dronografiya barcha uchun

Dunyoda hech kim Xitoyning «DJI» kompaniyasi kabi dronografiyaga hissa qo‘shmagani aniq. Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarning eng yaxshilarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya mutaxassislari ommaviy foydalanishga mo‘ljallangan nimanidur yaratishga qaror qildi.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Shunday qilib 300 gramm og‘irlikka ega «DJI Spark» dunyoga keldi. Boshqarish oson, «Full HD» sifatda tasvirga olishga qodir dronning narxi Rossiyada 30 000 rubl atrofiada.

«Ryzen» chipi

So‘nggi yillarda «Intel» kompaniyasi «protsessorlar bellashuvi»da «AMD»ni mag‘lub etgan edi. Biroq «AMD» 2017-yilda «Ryzen» chiplarini taqdim etdi. Ko‘p yadroli va ko‘p oqimli chiplar shu darajada muvaffaqiyatga erishdiki, «Intel» bir-ikki yildan so‘ng taqdim etishni rejalashtirgan olti yadroli chipini 2017-yilda bozorga chiqarishga majbur bo‘ldi. «AMD»ning aksiyalari esa yetti marta qimmatlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring