Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu dargohdan dasturchi-muhandislar chiqadi» — yana ikkita markaz ochildi

«Bu dargohdan dasturchi-muhandislar chiqadi» — yana ikkita markaz ochildi

Foto: «MITC»

Bugungi kunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand viloyatining 13 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgan edi.

Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha yoshlarga saboq buruvchi o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatdagi markazlarning o‘n to‘rtinchisi Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil qilindi va ushbu maskan kerakli zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

Tadbirda AKT vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi, vazirlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

Navbatdagi shinam va hamma shart-sharoitlarga ega Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Navoiy viloyatining G‘azg‘on shahrida ochildi.

Uning ochilishida IT Park Navoiy filiali va G‘azg‘on shahri hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etib, kelajakda bu dargohdan yetuk dasturchi-muhandislar yetishib chiqishiga ishonch bildirdilar.

Ushbu o‘quv markaziga tashrif buyurgan yoshlar bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Bu yerda dasturlash tilining Web Dizayn, FrontEnd yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar o‘qitilishi boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring