Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buni tez ko‘ring» — Telegram foydalanuvchisi laqqa tushdi va...

«Buni tez ko‘ring» — Telegram foydalanuvchisi laqqa tushdi va...

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar, Cyergeli tumanida yashovchi 40 yoshli Yu.Z. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 12.120.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar, Mirobod tumanida yashovchi 20 yoshli Yu.A.,Toshkent shahar, Mirobod tumanida yashovchi 20 yoshli B.A.lar sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Yu.A. va B.A.lar internet foydalanuvchilariga «Telegram» messenjeri orqali «buni tez ko‘ring» mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, aldov yo‘li bilan bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali hisobidagi pullarini o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.A. va B.A.larning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring