Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Clubhouse»ning android-talqini chiqdi

«Clubhouse»ning android-talqini chiqdi

Foto: «VGTimes»

Rossiyalik dasturchi, «VKontakte» sobiq xodimi Grigoriy Klyushnikov oxirgi paytlarda ommalashib borayotgan «Clubhouse» ijtimoiy tarmog‘ining Android tizimlari uchun mo‘ljallangan norasmiy talqinini yaratganini ma’lum qildi.

«Clubhouse» androidlar uchun chiqishini kutishga sabrim chidamadi va o‘zimnikini bir kunda yozdim», — dedi u «Twitter»da qoldirgan xabarida.

Uning ilovasi «GitHub»dagi IT-loyihalar xostingi uchun veb-servisda joylashtirildi.

Dasturchi asosiy funksiyalarning ayrimlarini amalga oshira olganini ma’lum qildi: xonalar ro‘yxatini ko‘rish, qatnashchilarni eshitish, xonalardagi mehmonlar bilan muloqot qilish, qatnashchilar ro‘yxatini real vaqt tartibida yangilash kabilar. Biroq foydalanuvchilarga xabarlar kelmaydi, ular o‘z xonalarini yarata olishmaydi.

Servisning asl yaratuvchilari o‘zining ijod mahsulini bloklab qo‘yishlari mumkinligini ham dasturchi istisno qilmadi.

Ma’lumot uchun: «Clubhouse» — ovozli muloqot va onlayn-konferensiyalar uchun yangi ijtimoiy tarmoq. Faqat taklif etilganlargina undan ro‘yxatdan o‘ta olishadi. Servis juda tez ommalashib ketdi, chunki juda ko‘p mashhurlar (xususan, «SpaceX» asoschisi Ilon Mask) undan foydalanishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring