Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Crew Dragon» XKS bilan tutashtirildi

«Crew Dragon» XKS bilan tutashtirildi

Foto: «Crew Dragon / ©SpaceX»

Tunda uchirilgan (Toshkent vaqti bilan 31-may soat 00:22 da) «Crew Dragon» kosmik kemasi, oradan 19 soat o‘tib, Xalqaro kosmik stansiya bilan muvaffaqiyatli tutashdi. Avtomatik ravishda amalga oshgan voqea Toshkent vaqti bilan soat 17:19 da yuz berdi.

Reja bo‘yicha tutashuv 29-daqiqada amalga oshishi kerak edi — amerikaliklar grafikdan 10 daqiqa oldinga o‘tib ketishdi.

Kema bortida astronavtlar Daglas Hyorli va Rob Benkenlar uchishdi. Tarixda ilk marta xususiy kompaniyaning kosmik kemasi insonni olib uchdi va XKS bilan birlashdi. «Crew Dragon» kemasi Elon Maskning «SpaceX» kompaniyasiga qarashli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring