Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sukerberg eng boy kishilar kuchli o‘nligidan tushib ketdi

Sukerberg eng boy kishilar kuchli o‘nligidan tushib ketdi

Foto: «Inc. Russia»

«Meta» kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida 12-o‘ringa tushib qoldi. Bu haqda «Forbes» xabar berdi.

Voqea payshanba kuni uning kompaniyasi aksiyalari qiymati keskin pasayishi oqibatida yuz berdi.

Bir sutkada 29,7 mlrd. dollar (-25,9 foiz) yo‘qotgan Sukerbergning boyligi hozirda — 84,8 mlrd. dollar. Bir kunda katta boylikdan mahrum bo‘lish bobida faqat Ilon Mask Sukerbergdan oldinda. «Tesla» asoschisi o‘tgan yili bir kechada 33 mlrd. dollaridan ayrilib qolgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring