Daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Hukumat qarori (601-son, 15.11.2023 y.) bilan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra YIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnoma to‘ldirilib, unga tegishli zarur hujjatlar ilova qilinadi (quyida keltirilgan).
So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
So‘rovnomani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Soliq organlari so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xabarnomani YIDXP orqali yuboradi.
Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lovlarni amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter