Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dasturlash — qo‘shimcha daromad manbai. Andijondan lavha (video)

Dasturlash — qo‘shimcha daromad manbai. Andijondan lavha (video)

Foto: Xabar.uz

Bugungi kunda hayotimizning har bir sohasi axborot texnologiyalari bilan bog‘liq.

Yangi darsliklarga dasturlash tillari ham kiritilgan. Shu bois, informatika fani o‘qituvchilarini qayta o‘qitish va malakasini oshirish zaruriyati mavjud.

—  Men oldin boshlang‘ich ta’limdan dars berganman. Keyin o‘zimda informatika faniga qiziqish o‘yg‘ondi. Ikkinchi mutaxassislikka topshirib o‘qidim. Qariyb uch yildan beri shu soha bo‘yicha dars beraman. Xalq ta’limi vazirligi yaxshi tashabbusni olib chiqdi. S++ dasturlash tili bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilayotganini eshitib, ochig‘i xursand bo‘ldim.

Ushbu gaplarni aytar ekan 8-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Yo‘ldosheva Mavjudaxon o‘z ko‘ngil so‘zlarini yashira olmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilari ham bu kabi yangiliklarni o‘zgacha qiziqish bilan o‘rganmoqda. Kelajakda qaysi kasb mutaxassisi bo‘lib yetishishidan qat’i nazar ularda yana bir qo‘shimcha daromad manbai bo‘ladi.

Xalq ta’limi vazirligining tashabbusi bilan joriy yilning 1 dekabridan boshlab vazirlik tasarrufidagi umumta’lim maktablarining Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun C++ dasturlash tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi. Kurslarni olib borayotgan trenerlar BePro IT Academy tomonidan tayyorlandi.

Andijon viloyati Bo‘ston tumanidan 28 o‘qituvchi malaka oshirish darslarida qatnashmoqda. Ulardan 15 nafari S++  dasturlash tili bo‘yicha, 13 nafari esa Scrach bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlaydi.

«Dasturlash tillari bo‘yicha bizda informatika o‘quvchilar yaxshigina natija ko‘rsatmoqda. Avgust oyida 30 kishini Phytonda o‘qitdik. Ular ishonchimizni oqlab sertifikatlarga ega bo‘ldi. Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi asosida mana 1 dekabrdan boshlab yana viloyat miqyosida 480 o‘qituvchilar uchun dars tashkil etganmiz. 240 nafar o‘qituvchi S++, 240  nafari Scrach dasturlash tilida malaka oshirmoqda.  Ularni o‘qitish uchun 16 nafar o‘qituvchimizni Toshkentga o‘qitdik. Endi ular o‘z bilimlarini hamkasblari bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar»,— deydi viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimi Abdujalil Abdurahimov.

Darslar bevosita «Smartgov Group» nodavlat ta’lim muassasi tomonidan respublikaning har bir tuman va shaharlarida olib borilmoqda. Bunga jami 3060 nafar informatika o‘qituvchilari qamrab olingan.

Mazkur kurslarni tashkil etishdan maqsad informatika fani o‘qituvchilarining zamonaviy dasturlash tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalar va usullardan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishdan iboratdir.

O‘quv kursi davomida tinglovchilarning bilimi test sinovi va amaliy mashg‘ulotlar yordamida baholab boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring