Dekabrning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilindi — 500 dollargacha (foto)

Gizchina portali dekabr oyining eng yaxshi smartfonlari reytingini tuzdi. Barcha smartfonlar narxi — $500 gacha.

Birinchi o‘rinda — Xiaomi 12 flagmani. 6,28 dyuymli AMOLED-displey (120 Gs) o‘rnatilgan, Snapdragon 8 Gen 1 protsessorida ishlaydi. Uch kamerali: 50, 13, 5 MP. Selfi-kamerasi — 32 MP. Akkumulyatori — 4500 mAs.

Ikkinchi o‘rinda — Redmi K50 Ultra flagmani. Protsessori — Snapdragon 8+ Gen 1, 6,67 dyuymli AMOLED-ekranga ega (120 Gs). Asosiy kamerasi — 108 MP (sensor), qo‘shimcha kamerasi — ultrakengburchakli 8 MP va 2 megapikselli makromodul. Selfi-kamerasi — 20 MP. Akkumlyatori — 5000 mAs.

Uchinchi o‘rinda — o‘yinlar uchun mo‘ljallangan Lenovo Legion Y90. Snapdragon 8 Gen 1 protsessorida ishlaydi, katta 6,92 dyuymli AMOLED-ekranga ega (144 Gs). Geymerlar smartfoni qo‘shkamerali — 64 va 13 MP, selfi-kamerasi — 16 MP. Akkumulyatori — 5600 mAs.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda — geymerlar uchun mo‘ljallangan Poco F4 GT hamda 2022-yilning ilk flagmani — Motorola Edge X30.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter