Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Devor ortini ham ko‘radi: Smartfonlar uchun rentgen chipi yaratildi

Devor ortini ham ko‘radi: Smartfonlar uchun rentgen chipi yaratildi

Illyustrativ foto

Janubiy Koreyada smartfonni cho‘ntak skaneriga aylantirishi mumkin bo‘lgan chip ishlab chiqildi, deb xabar berdi Interesting Engineering.

Ushbu chip narsa-buyumlar va ularning tuzilishini to‘siq, masalan, devor ortidan ko‘rish imkonini beradi. Bunday qurilma bilan jo‘natmalarning ichida nima borligini ko‘rish mumkin. Skanerlash chuqurligi — 2,5 santimetr.

Foto: University of Texas at Dallas

Ishlanma mualliflari chipning keyingi talqinlarida skanerlash chuqurligini 12 santimetrgacha yetkazishmoqchi. Yangi texnologiya maishiy vaziyatlar bilan bir qatorda, tibbiyotda ham qo‘l kelishi mumkin.

Chip 300 GGs chastotada ishlovchi uchta transverdan tashkil topgan. Ular inson salomatligi uchun beziyon va ko‘zga ko‘rinmaydigan millimetrli diapazonda signal tarqatadi.

Chip uchun hech qanday optik elementlar kerak emas, bu esa uni mobil qurilmalarda tatbiq etishni osonlashtiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring