Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doimiy yoki vaqtinchalik turar joyingizdagi yashash muddatini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma kerakmi?

Doimiy yoki vaqtinchalik turar joyingizdagi yashash muddatini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma kerakmi?

My.gov.uz portali doimiy yoki vaqtinchalik turar joyingizda yashash muddatini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma olish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Sizga taqdim etiluvchi «Ma’lumotnomalar» turkumidan «Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashayotgan muddati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma» xizmatini topasiz va so‘rov yuborasiz. Yagona portal esa avtomatik ravishda siz istagan ma’lumotnomani tezkorlik bilan taqdim etadi.

Ushbu qulay xizmat Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Xizmat avtomatlashtirilgan va onlayn tarzda taqdim etiladi. Eng asosiysi – bepul.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring