Dronlar ko‘magida O‘zbekiston turizm salohiyati to‘g‘risidagi foto va videomateriallar tayyorlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar qilgan edik. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda Madaniyat vazirligi va «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan birgalikda buyurtmanoma asosida xorijiy ijodiy guruhlarga respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, jumladan, dronlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berish tartibini ko‘zda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter