Dunyodagi eng zo‘r meteo xizmat qayerda?
«Rosgidromet» rahbari Maksim Yakovenko «Kommersant» gazetasiga bergan intervyusida ob-havo ma’lumotlarini aniqlashda rus kompyuterlari xorij meteo xizmatlari kompyuterlaridan bir necha karra sust ishlashini bildirdi.
«Ob-havo qanday bo‘lishini aniq aytib berishda, birinchi omil, avvalo sizning kuzatuv bazangiz bo‘lib, ma’lumotlarni qay tariqa yig‘ishingiz muhim rol o‘ynaydi. Ikkinchi omil aynan kompyuterlar — siz bu ma’lumotlarni qanchalik tez hisoblashingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi», — deydi Yakovenko.
Ayni paytda rossiyaliklar 0,3 petaflopslik kompyuter tizimini 1,3 petaflopslisiga almashtirish arafasidalar. Shu ham ularning xorijdagi hamkasblariga yetib olishlari uchun kifoya qilmaydi. Masalan, eng zo‘r superkompyuter britaniyalik meteorologolar xizmatida — 16 petaflops. Shveysariya va Fransiyada 6 petaflopslik, AQSh va Xitoyda 4 petaflopslik kompyuter tizimlari ishlatilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter