Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi har to‘rtinchi televizorni «Samsung» sotmoqda

Dunyodagi har to‘rtinchi televizorni «Samsung» sotmoqda

Foto: «Ferra.ru»

«Omdia» tahlil kompaniyasi jahon televizorlar bozorining 2020-yil uchinchi choragidagi holatini o‘rgandi. Unga ko‘ra, dunyoda sotilayotgan har to‘rtinchi televizor «Samsung» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2020-yilning iyul—sentyabr oylarida «Samsung» jami 14,85 mln. dona televizor sotgan. Donabay hisobda kompaniyaning bozordagi ulushi 23,6 foizga teng. Daromad olish bo‘yicha esa uchdan bir qismi — 33,1 foizi ($9,3 mlrd.) Janubiy Koreyaning ushbu kompaniyasiga to‘g‘ri kelyapti.

«Samsung», ayniqsa, diagonali 80 dyuymdan boshlanuvchi televizorlar yo‘nalishida yetakchi — global bozorning 53,5 foizi.

2020-yilning o‘tgan uch choragi mobaynida kompaniya 33,92 mln. dona televizor sotdi. Yil yakunida umumiy ko‘rsatkich 48,8 mln. donaga yetishi kutilyapti — o‘shanda 2014-yildan beri eng yuqori natija qayd etiladi.

Global televizorlar bozorida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni yana bir koreys kompaniyasi — LG (11 foiz, donabay hisoblaganda) hamda Xitoyning TCL kompaniyasi (10,9 foiz) band etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring