Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eksportimizni 1 milliardga chiqarishni maqsad qilganmiz» — AKT vaziri

«Eksportimizni 1 milliardga chiqarishni maqsad qilganmiz» — AKT vaziri

Bugun, 24-oktyabr AKT haftaligi doirasida ICTWEEK UZBEKISTAN sammiti o‘z ishini boshladi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.

«To‘g‘risi, biz kutganimizdan ham bir necha barobar ko‘p odam kelibdi. Bu ham katta ko‘rsatgich bo‘lsa kerak. O‘ylaymanki, shunga vaqt ajratib Samarqandga kelganingiz behuda bo‘lmaydi.

Orada pandemiya sabab an’anaviy o‘tkaziladigan AKT haftaligi tadbirlarida biroz tanaffus bo‘ldi. Bu yili Samarqandda tashkil etilayotgan haftalik avvalgilaridan farq qiladi. Uning doirasida 22 ta tadbir o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirlarimizga juda nufuzli mehmonlar tashrif buyurishdi. Xususan, MDH davlatlarining AKT vazirlari, rahbarlari ham kelishgan.

Oldimizga juda katta maqsad qo‘yganmiz — O‘zbekistonni «IT-xabi»ga aylantirish. Shuningdek, butun Markaziy Osiyo davlatlarini «IT-xabi»ga aylantirish tashabbusini ham haftalikda ilgari suramiz. Chunki biz faqat hamkorlikdagina natijaga erisha olamiz. Prezidenimiz aytganidek, Samarqand ruhi hamkorlikka chorlaydi», — dedi Sherzod Shermatov.

Shuningdek, AKT vaziri shuningdek kelgusi 5 yil davomida ayti xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga chiqarish ko‘zlanayotganini qayd etib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring