Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi «Telegram»ning yangi variantini «AppStore»dan yuklab olish mumkin

Endi «Telegram»ning yangi variantini «AppStore»dan yuklab olish mumkin

Foto:«Kapital-rus.ru»

Pavel Durov «Apple»ga «Telegram»ni yangilagani uchun tashakkur aytdi. «Telegram»ning yangi variantini «AppStore»dan yuklab olish imkoni bor. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Mashhur «Telegram» messenjeri asoschisi Pavel Durov, Rossiya hukumati talablariga qaramay, Amerikaning «Apple» korporatsiyasiga «AppStore»da ilovalarni yangilab olishga ruxsat bergani uchun tashakkur aytdi.

«Apple» va Tim Kukka bizga «Telegram»ning eng so‘nggi versiyasini millionlab foydalanuvchilarga taqdim etish imkonini bergani uchun rahmat», – deyiladi Durovning «Twitter»dagi sahifasida.
Durovning ta’kidlashicha, «App Store» ilovasi shu yil aprel oyi o‘rtalarida «Roskomnadzor» bloklab qo‘ygani tufayli ishlamay qolgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyi o‘rtalarida «Roskomnadzor» Moskvaning Taganskiy tuman sudi qaroriga ko‘ra «Telegram»ni bloklab qo‘ygan edi. Shundan so‘ng kompaniya Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga foydalanuvchilarning xabarlari shifrlarini berishdan bosh tortgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring