Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Energy Week 2022» energetika haftaligida O‘zbekistondagi uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha yechimlar taqdim etildi

«Energy Week 2022» energetika haftaligida O‘zbekistondagi uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha yechimlar taqdim etildi

26 aprel kuni Toshkentda Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston Energetika haftaligi (Energy Week 2022. Central Asia & Mongolia) – mintaqada qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘ulistonning davlat sektori va energetika kompaniyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, ko‘pmillatli yirik investorlar va konsalting firmalarini birlashtirishga qaratilgan sanoat tadbiri o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati 2021 yil noyabr oyida Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy konvensiyasiga a’zo davlatlar konferensiyasining 26-sessiyasidagi ishtirok etdi. Davlatimiz tomonidan xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda «yashil» rivojlanish masalalarini ilgari surish va iqlim o‘zgarishi jarayonlarini to‘xtatib qolish bo‘yicha barcha zarur choralar va sa’y-harakatlarni ko‘rishga tayyorligi haqida bayonot berildi. Hukumat tomonidan belgilangan asosiy maqsadlar iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya ulushini kamida 25 foizgacha oshirish, shuningdek, 2050 yilgacha uglerod neytralligiga erishishdan iborat.

O‘zbekistonda muqobil energiya manbalarini joriy etish va quyosh energiyasini yig‘ish bo‘yicha raqamli yechimlaridan foydalanish masalalariga bo‘lgan yuqori qiziqishni hisobga olgan holda Huawei kompaniyasi ham o‘zining rasmiy hamkori — Photomate kompaniyasi bilan hamkorlikda Energy Week 2022 haftaligida ishtirok etmoqda.

«2021 yilda Huawei kam uglerodli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda Ilmiy-tadqiqot va Ishlanmalarga sarmoya kiritish bo‘yicha jahon miqyosida ikkinchi o‘rinni egalladi. Iqlimning so‘nggi o‘zgarishlarini yumshatish va uglerod neytralligiga erishish masalasi jahon hamjamiyatlari kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir. Uglerod neytralligiga erishish uchun elektr energiyasini ishlab chiqarishda ekologik tozalikka erishish, sanoatga, transport sohasiga, fuqarolik energetikasiga «yashil» elektrlashtirishni joriy etish va AKT sohasida energiyadan samarali foydalanishga erishish muhim ahamiyatga ega. Ushbu asosiy ssenariylarga e’tibor qaratish uchun Huawei aqlli fotoyelektrik tizimlar, elektromobillar uchun aqlli tizimlar, ekologik toza AKT ob’yektlari va shaharlar hamda jamoat uchun keng qamrovli aqlli energiya yechimlarini taklif qiladi. Bugun biz Energy Week 2022 tadbirida hamkorlarimiz va davlat sektori bilan hamkorlikda uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarimizni bo‘lishish imkoniyatiga egamiz», — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori janob Chen Szyakay.

Huawei tomonidan Energy Week 2022 haftaligida taqdim etilgan yechimlar kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Huawei Digital Power’ga tegishli bo‘lib, ushbu kompaniya raqamli va energetika texnologiyalarini integratsiyalash, ekologik toza energiya ishlab chiqarishni rivojlantirish va kam uglerodli dunyodan uglerodli neytral dunyoga tezroq o‘tishni ta’minlash uchun energetika sohasini raqamlashtirishga intilmoqda. Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda muqobil energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha qator loyihalarda ishtirok etmoqda va ushbu sohada ilg‘or texnik yechimlarni ishlab chiqishga o‘z hissasini qo‘shishni va bu sohani rivojlantirish uchun hamkorlar va davlat sektori bilan hamkorlik qilishni davom ettirish niyatida.

O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan texnologiyalarni taqdim etishdan tashqari atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish orqali ham o‘zining korporativ ijtimoiy majburiyatini bajarib kelmoqda. Xususan, Huawei «Green Uzbekistan» tashabbusi doirasida BMT Taraqqiyot dasturining Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish loyihasini qo‘llab-quvvatladi va «Yuksalish» umummilliy harakatining «Bir million daraxt» loyihasida ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring