Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng bozori chaqqon smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Eng bozori chaqqon smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Forbes»

«Apple» kompaniyasi 2-chorak moliyaviy natijalarini ma’lum qilarkan, «iPhone 11» Xitoyda eng yaxshi sotilgan smartfon bo‘lganini ta’kidlagandi. Endi ushbu ma’lumotlarni «Counterpoint» ekspertlari ham tasdiqlashdi: «iPhone 11» nafaqat Xitoy, balki dunyoning boshqa yirik bozorlari ham yetakchisi ekan.

«iPhone 11». Foto: «iPhones.ru»

Tadqiqotlarga ko‘ra, 2020-yil 2-choragida «Apple» smartfoni ko‘p sotilish bobida Xitoyda «Oppo A8», «Honor 9X», «Vivo Y3» hamda «Huawei Mate 30 5G»ni ortda qoldirib, «kuchli beshlik» yetakchisiga aylandi. Holbuki, bulardan faqat «iPhone 11» va «Huawei Mate 30» premium-segmentga mansub, qolganlari arzon smartfonlar, ta’kidlaydi «Gizchina».

O‘tgan yilgi «ayfon» («iPhone 11»), qolaversa, AQSh (bozorning 16 foizi), Germaniya (11 foiz), Buyuk Britaniya (12 foiz) va Yaponiya (19 foiz)da eng ko‘p sotilgan smartfon. Umuman olganda, «ayfon» ishqibozlari Buyuk Britaniya (yetakchi to‘rtlik — «iPhone 11», «iPhone Xr», «iPhone SE» va «iPhone 7») hamda Yaponiya (yetakchi uchlik — «iPhone 11», «iPhone 11 Pro» va «iPhone 7»)da juda ko‘p.

«Samsung Galaxy A51». Foto: «iXBT.com»

Ammo bu yirik bozorlarni faqat «ayfonlar» egallab olganini anglatmaydi. Masalan, Fransiyada kichik ustunlik (8 foiz) «Samsung Galaxy A51» tomonida(«iPhone 11» ulushi 7 foiz), Hindistonda yetakchi beshlikda «Redmi»lar hukmron, Janubiy Koreyada esa «Samsung» peshqadam.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring