Eng keksa bloger kim?

Shvetsiyada yashovchi 106 yoshli Dagni Karlson dunyodagi eng keksa bloger ekan. Internet ishqibozi bo‘lgan Dagni Karlson 99 yoshida shaxsiy kompyuterga ega bo‘lgan va 100 yoshidan blogerlik qila boshlagan. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Yoshligida yozuvchi bo‘lishni orzu qilgan Karlson bloger sifatida orzusiga erishdi. U kundaliklarini yozib, ijtimoiy tarmoq orqali o‘quvchilarga taqdim etadi.
Umuman dori ichmaydigan blogerning xotirasidan aslo shikoyati yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter