Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng mashhur smartfon nomi ma’lum qilindi

Eng mashhur smartfon nomi ma’lum qilindi

iPhone 14 smartfoni OLED yoki AMOLED ekranli qurilmalar orasida eng ko‘p sotilayotgan smartfonga aylandi. Bu haqda Wccftech nashri ma’lum qildi.

Display Supply Chain Consultants (DSCC) agentligi tahlilchilari ikkinchi chorakda iPhone 14 — OLED ekranli dunyoda sotilgan barcha qurilmalar orasida 15,2 foiz ulushga ega bo‘lganini aniqladi. Ikkinchi o‘rinni iPhone 13 egalladi, u 11,1 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, yuqori o‘rinlardan iPhone 14 Pro Max – 10,7 foiz, iPhone 14 Pro – 9,2 foiz, Samsung Galaxy S23 Ultra – 5,2 foiz bilan joy oldi.

Taqqoslash uchun: 2023 yilning birinchi choragida iPhone 14 Pro Max 20,1 foiz ulush bilan yetakchilik qilgan edi. Uchlikka iPhone 14 Pro va iPhone 13 kirgandi.

DSCC agentligi shuningdek, 2023 yilning ikkinchi choragida OLED displeyli smartfonlar yetkazib berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 foizga oshganini qayd etdi. Apple qurilmalarining bozordagi ulushi 39 foizni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring