Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaxshi kamerofon taqdim etilishiga sanoqli kunlar qoldi

Eng yaxshi kamerofon taqdim etilishiga sanoqli kunlar qoldi

Foto: «Ferra»

Bir necha oy avval Honor yangi smartfonlar turkumi — Honor Magic 4ni Xitoyda taqdim etgandi. Gizmochina yozishicha, canoqli kunlardan so‘ng ushbu smartfon boshqa mamlakatlarda ham sotuvga qo‘yiladi.

Kompaniya e’lon qilgan tizerga ko‘ra, yangilangan turkumning, jumladan, smartfon Pro-versiyasining global taqdimoti 12-may sanasiga belgilangan.

Honor Magic 4 Proning 6,81 dyuymli OLED-displeyi LTPO 2.0 texnologiyasiga mansubligi bois, yangilanish chastotasi 120 Gs gacha yetadi.

Telefonning asosiy kamerasi uch moduldan iborat — 50, 50 va 64 Mp. Frontal kamerasi 12 megapikselli.

Magic 4 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen 1 protsessorida ishlaydi, xotirasi: operativ — 12 GB, ichki — 512 GB.

DxOMark mutaxassislarining fikricha, Honor Magic 4 Ultimate dunyodagi eng yaxshi kamerofon (kamerasi eng yaxshi smartfon) hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring