Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Er uchastkasini portal orqali xususiylashtirish mumkin

Er uchastkasini portal orqali xususiylashtirish mumkin

Avvallari fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan, meros qilib qoldirilgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan noturar joy ob’yektlarining yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi berilar edi. Ya’ni bino fuqaroga tegishli bo‘lsa ham, uning yeri davlatniki edi.

Hozirgi kunda bu tartib o‘zgargan. Ya’ni fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida masofadan turib xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

Xizmatdan foydalanishda: Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun fuqaro my.gov.uz portaliga kirib:

  • tegishli xizmatni tanlaydi
  • bo‘sh katakka kadastr raqamini yozadi
  • o‘zi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi va to‘ldiradi
  • yakunida to‘lovni amalga oshiradi.

Bunda:

Arizani ko‘rib chiqish uchun – 24300 so‘m

Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.

Ma’lumot o‘rnida: mulkdorlar uchun xususiylashtirish to‘lovi yer uchastkasiga hisoblangan soliq miqdorining 20 barobari deb belgilangan.

Xizmat ko‘rsatish muddati – 5 ish kuni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring