Yerning «qora quti»sini qurishdan maqsad nima?
Avstraliyada Yerning «qora quti»si o‘rnatiladi. Qurilma atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlarni yozib boradi.
Yer, suv harorati, turlarning yo‘qolib borayotgani haqidagi ma’lumotlar saqlanib qoladi, deb xabar bermoqda «Izvestiya» telekanali.
Loyiha Tasmaniya universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilma 7,5 sm qalinlikdagi po‘latdan yasalgan monolitdan iborat bo‘ladi.
Yozuvchi qurilma quyosh energiyasidan quvvatlanadi. Inshoot qurilishi 2022-yil o‘rtalarida boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter