Eski android-smartfonlar uchun muhim yangilanish to‘xtatiladi

2021-yil yozi oxirida Android Jelly Bean (4.1 – 4.3 talqinlari)da ishlovchi smartfon va planshetlar oxirgi marta muhim yangilanishni qabul qiladi. Shundan so‘ng eskirgan qurilmalar foydalanuvchilarga yangilanish boshqa taqdim etilmaydi.
Android ishlab chiquvchilari Google Play Servicesni yangilashni bas qiladi, deb xabar berildi ushbu operatsion tizimni rivojlantirish rasmiy blogida. Ushbu servislar uchinchi tomon dasturlari va Google Play rasmiy do‘koni ishlashi uchun zarur.
Google Play Servicesning Jelly Bean qo‘llab-quvvatlanadigan oxirigi yangilanishi 21.30.99 bo‘ladi. Shu bilan tamom. Mobil ilova ishlab chiqaruvchilardan bundan buyon Android 4.4 KitKat (Jelly Bean dan bitta yuqori talqin)ga o‘tish so‘ralmoqda.
Android 4.1 (Jelly Bean) 2012-yilda taqdim etilgandi. Jelly Bean o‘rnatilgan smartfon va planshetlar butun dunyo bo‘ylab 1 foiz ham chiqmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter