Yetti yoshli qizcha YouTube orqali bir yilda 28 million dollar ishladi
«Forbes» jurnali rossiyalik yetti yoshli Nastya Radzinskayani (Like Nastya) jahon YouTube-blogerlari reytingiga kiritdi. Qizcha 2021-yilda ushbu videoxosting vositasida 28 million dollar daromad qildi.
Reytingda birinchi o‘rinda — Jimmi Donaldson (MrBeast), 2021-yilda uning yutub-daromadi 54 million dollarga yetdi.
Ikkinchi o‘rindagi Jeyk Pol esa 45 million dollar ishlagan. Uchinchi — bloger Markiplier (38 million dollar.
Yetti yoshli Radzinskaya reytingda oltinchi pog‘onani band etdi.
Nastya Radzinskaya Krasnodar o‘lkasida tug‘ilgan, bolalar serebral falaji bilan kasallangan. Roliklari turli tillarda chiqadi. Uning videorliklarida ota-onasi bilan vaqtni qanday o‘tkazayotgani, qanday o‘yinlar o‘ynashi, hayvonot bog‘iga sayohatlari haqida hikoya qilinadi.
Like Nastya kanalidagi reklama huquqini Dannon va Legoland sotib olgan. Qizcha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lganidan so‘ng ota-onasi bilan AQShning Florida shtatiga ko‘chib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter