Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» atrofidagi mojaro: «Cambridge Analytica» kompaniyasi yopilishini ma’lum qildi

«Facebook» atrofidagi mojaro: «Cambridge Analytica» kompaniyasi yopilishini ma’lum qildi

Foto: «NV.ua»

Britaniyaning «Cambridge Analytica» tahliliy kompaniyasi «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy foydalangani ayon bo‘lganidan so‘ng, yuzaga kelgan mojaro sabab yopiladigan bo‘ldi. Bu haqda «NV.ua» xabar berdi.

«Kompaniya zudlik bilan barcha operatsiyalarni to‘xtatadi va boshqarma arbitaj boshqaruvchisini tayinlash bo‘yicha ariza berdi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, so‘nggi oylar davomida «Cambridge Analytica» sha’niga «asoslanmagan ko‘plab ayblovlar» yog‘dirilgan va ko‘rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramay «qonuniy harakatlari uchun bulg‘angan».

Eslatib o‘tamiz, «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i atrofida katta mojaro yuzaga kelgandi. Ijtimoiy tarmoqning 87 million foydalanuvchini shaxsiy ma’lumotlari uchinchi tomonga — «Cambridge Analytica»ga berib yuborilgan. U esa, o‘z navbatida, Donald Trampning prezidentlik kompaniyasiga xizmat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring