Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» keraksiz izohlarni ajratish imkonini beradigan tugmani sinovdan o‘tkazmoqda

«Facebook» keraksiz izohlarni ajratish imkonini beradigan tugmani sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: «NV.ua»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining dasturchilari boshqa foydalanuvchilarning izohiga bir soniyada salbiy fikrni bildirish imkonini beradigan tugmani sinovdan o‘tkazmoqda. Yangi funksiya «downvote» nomi ostida hozircha faqat AQShda sinalmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

«Facebook» vakilining ma’lum qilishicha, «downvote» tugmasi «Facebook»ning e’tiborini zararli, foydasiz va chalg‘ituvchi izohlarga qaratishning yengil usuli bo‘ladi.

«Biz dizlayk tugmasini sinovdan o‘tkazyapmiz. Foydalanuvchilarni izoh yozishdan oldin o‘ylab ko‘rishga majbur qiladigan funksiyani tatbiq qilmoqdamiz. Hozircha bu faqatgina AQShdagi kam sonli odamlar ishtirokida ishlamoqda», — deyiladi xabarda.

«Downvote» tugmasi bosilgan izoh yo‘q bo‘lib qoladi va foydalanuvchining qarshisida bu kabi qaror haqida ma’lum qilish borasida qo‘shimcha xabarnoma paydo bo‘ladi. Shuningdek, izohlarni «haqorat», «chalg‘ituvchi» yoki «mavzuga doir emas» deb belgilab qo‘yish ham mumkin.

Mazkur tugmani yaratishdan maqsad omma uchun ochiq bo‘lgan sahifalarda haqoratli va «troll» izohlarni kamaytirish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring