«Mening fikrim» portali avtorizatsiyasiga «Facebook» profili ham qo‘shildi
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalining ishga tushishi O‘zbekiston fuqarolik jamiyati hayotida katta qiziqish uyg‘otdi. Qisqa muddat ichida portalga tashabbuslarni bildirish borasida 600 ga yaqin jamoaviy murojaatlar kelib tushgan va 3400 dan ortiq foydalanuvchilarning izohlari qoldirilgan.
Texnik maydon ishlab chiquvchilar tomonidan portalning funksional imkoniyatlari kengaytirildi. Jumladan, saytda avval mavjud bo‘lmagan «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i profilidan foydalangan holda avtorizatsiya qilish imkoniyati kiritildi.
Bu portalning kommunikatsion imkoniyatlarini kuchaytirish bilan birga jamoaviy petitsiyalar muhokamasida qatnashayotganlarning ko‘payishida muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi «parliament.gov.uz» xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter