Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik yoshlar uchun ajoyib haftalik boshlandi

Farg‘onalik yoshlar uchun ajoyib haftalik boshlandi

Farg‘onada IT musobaqalari haftaligiga start berildi.

Haftalikning ochilish tantanasi va birinchi bosqichi Marg‘ilondagi Raqamli texnologiyalar markazida Hakaton musobaqasi bilan boshlandi. Unda 24 jamoa kuch sinashmoqda.

Jamoalar ikki kun mobaynida tibbiyot, ta’lim, ijtimoiy soha, agrar – qishloq xo‘jaligi, marketplace, IoT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z g‘oyalarini amalga oshiradilar.

Viloyatda dasturchilikka qiziqqan yoshlar uchun IT musobaqalari haftaligi jadvalini taqdim qilamiz:

  • 20-dekabr kuni Ideaton musobaqasi TATU Farg‘ona filialida, 21-dekabr Ideaton musobaqasi Qo‘qon Davlat universitetida o‘tkaziladi.
  • Workshop ITda bo‘sh ish o‘rinlari yarmakasi esa 22-dekabr kuni Farg‘ona shahridagi «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi binosida tashkil etiladi.  
  • Kibersport musobaqa Radiance Game klubida 23-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 24-dekabr kuni Marg‘ilon raqamli texnologiyalar markazida tashkil etiladi.

Hafiza Salyahova,
«Xabar»ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring