Germaniyada IT-park vakolatxonasi ochildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan iborat delegatsiya a’zolari Germaniyaning Xaydelberg shahrida tashkil qilingan IT-park vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda Germaniyaning yigirmaga yaqin IT kompaniyalari rahabarlari ham qatnashgan.
«Tadbir doirasida IT-park rezidentlariga yaratilgan sharoitlar va preferensiyalar bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirildi. Shuningdek, IT-parkning «Venkon group», «Zuccotech», «Realsoft», «Rebochain technology», «Soft Legion» rezident-korxonalari tomonidan IT sohasidagi faoliyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi», deyiladi AKT vazirligi xabarida.
Uchrashuv so‘ngida BPO xizmatlarini yurtimizga autsors qilishda hamkorlik qilish, O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida qo‘shma loyihalarni Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishga, shuningdek O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida IT sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olingan.
Shuningdek, mazkur tadbir doirasida muhim hujjatlar ham imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter