«Google Assistant» ovozli yordamchisi telefon orqali suhbatlashishni o‘rgandi

«Google» rahbari Sundar Pichai Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan anjumanda «Google Duplex» nomli funksiyani taqdim etdi, deb xabar beradi «Meduza».
Kompaniya ushbu funksiyani o‘zining ovozli yordamchisiga o‘rnatishni niyat qilan. «Google Duplex» yordamida foydalanuvchi virtual assistentdan restorandan joy band qilishni yoki sartarosh qabuliga yozilib qo‘yishni so‘rashi mumkin. Yordamchi esa ularga qo‘ng‘iroq qilib, barcha ishni o‘zi amalga oshiradi.
Pichai taqdim etgan suhbatga quloq solinadigan bo‘lsa, odamlar o‘zi bilan robot gaplashayotganini sezmaydi ham. «Duplex»ning sinov versiyasi «aqlli» yordamchilarda 2018-yilning yozidan boshlab ishlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter