Google Home «aqlli» kolonkalari Wi-Fi tarmog‘i bilan «kelishmay» qoldi

O‘tgan haftaning oxirida AQShda «TP-Link» routerlari asosida qurilgan Wi-Fi tarmoqlarida muammolar paydo bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu tarmoqlar «Google Home» va «Chromecast» gadjetlaridan foydalanilganida ishdan chiqmoqda, deb xabar berdi «Nv.ua».
Muammo birinchi marta «TP-Link Archer C7» routeri va «Google Home Max» katta kolonkasidan foydalanilganda yuzaga kelgan. Foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, «Home Max» tarmoqqa ulanganida router o‘zidan o‘zi o‘chib qolgan.
«Google Home Max» avvaliga yaxshi ishladi, biroq keyinroq Wi-Fi o‘chib qoldi. Modem va routerni o‘chirib yoqqanimdan keyin yana ishlay boshladi. Bu kabi holat bir necha marta yuz berdi. Wi-Fi har safar ishlamay qolganda uni o‘chirib yoqishga majbur bo‘ldim», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Dastlab muammo «TP-Link Archer C7» modelidagi routerlarda deb qaralgan. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, muammo aslida «Google Home Max»da ekan. Boshqa firmalarning routerlari ham «Google» qurilmasi ishidan aziyat chekmoqda.
Aniqlanishicha, mummoning ildizi «Cast» texnologiyasining noto‘g‘ri ishlashida. Taxminlarga ko‘ra qurilma ma’lumotlar paketini har 20 soniyada uzatishi kerak. Biroq «Home Max» va ushbu seriyadagi boshqa qurilmalar bu ishni tez bajargani sabab Wi-Fi uzatgichni o‘chirib yoqishga to‘g‘ri kelmoqda.
Hozir «Google» mutaxassislari mummoni hal etish ustida bosh qotirishayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter