Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google Isroil bilan hamkorlikka qarshi chiqqan xodimlarni ishdan bo‘shatdi

Google Isroil bilan hamkorlikka qarshi chiqqan xodimlarni ishdan bo‘shatdi

Foto: Reuters

Google kompaniyasi Isroil hukumati bilan tuzilgan shartnoma sabab norozilik bildirgan 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Google global xavfsizlik bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Rakovning ichki xatiga tayanib, The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Noroziliklar kompaniyaning Nyu-York va Kaliforniyaning Sanniveyl shahridagi ofislarida bo‘lib o‘tdi. Xodimlar Google va Amazon’ning Isroil hukumati bilan «bulutli hisoblash» bo‘yicha qo‘shma shartnomasiga qarshi chiqdi. Kompaniya ichida norozilik namoyishlari «qabul qilib bo‘lmaydigan va o‘ta buzg‘unchi» deb ataldi. Namoyishlar boshqa xodimlarni «xavfni his qilishlariga» majbur qildi, deb yozadi Rakov o‘z maktubida.

Namoyish tashkilotchilari 28 nafar xodimning ishdan bo‘shatilishidan noroziliklarini bildirishdi va buni «Google Isroil hukumati va genotsid harbiylari bilan tuzilgan 1,2 milliard dollarlik shartnomani o‘z ishchilaridan ko‘ra ko‘proq qadrlashi»dan dalolat deya hisobladilar.

Noroziliklarga Google va Amazon’ning Isroil hukumati bilan Nibmus loyihasi doirasida bulutli hisoblash xizmatlari, jumladan sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish texnologiyalarini taqdim etish bo‘yicha shartnomasi sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring