Google o‘z tarixidagi eng yirik kiberhujumga uchraganini ma’lum qildi
Google qidiruv tizimi ishga tushirilganidan beri o‘z tarixidagi eng yirik kiberhujumga uchradi. Voqea shu yilning iyunida sodir bo‘lgan, biroq kompaniya matbuot xizmati buni endi oshkor qildi.
Aytilishicha, kiberhujum mahalliy vaqt bilan soat 09:45 da boshlanib, 2-daqiqasidayoq cho‘qqisiga chiqqan. Xakerlarning hujumi soat 10:54 da to‘xtatilgan.
Qidiruv tizimiga bir necha soniyada shunchalik ko‘p so‘rov yuborilganki, bu Wikipedia ga bir sutka davomida kelib tushadigan so‘rovlarga teng.
Xakerlar HTTPS-so‘rovlarni qo‘llashgan. Ular 132 mamlakatdagi 5 256 ta chiquvchi IP-manzildan yo‘llangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter