Google so‘nggi 15 daqiqadagi qidiruv natijalarini darhol o‘chirib tashlash funksiyasini ishga tushirdi. Faqat...
Google smartfon foydalanuvchilari uchun internetdagi so‘nggi 15 daqiqadagi qidiruv natijalarini darhol o‘chirib tashlash funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda «Ferra.ru» xabar berdi.
Biroq bu funksiyadan hozircha Google «firmenniy» ilovasi o‘rnatilgan iOS qurilmalari, ya’ni ayfoni bor kishilar foydalana olishadi. Android-smartfonlar egalari esa 2021-yil oxirlariga borib shunday imkoniyatga ega bo‘lishi aytilmoqda.
Kompyuterlarda xuddi shunday avtoo‘chirish funksiyasini muayyan vaqt oralig‘ida (har 3, 18, 36 oyda) sozlamalardan boshqarish mumkin. Yoki eski usulda — qo‘lda o‘chirish ham mumkin.
Kompaniya qidiruvlar tarixini faqat bir maqsadda, ya’ni foydalanuvchilar tajribasini yanada xoslashtirish uchun kuzatib borishini ma’lum qilgan. O‘z qidiruv natijalaridan xavotirda bo‘lgan foydalanuvchilar uchun Google yana bir funksiya — bu ma’lumotlarga kirish so‘ralganda parol o‘rnatishni ham joriy etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter