Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google, Telegram, TikTok, Twitter, Zoom ogohlantirildi!

Google, Telegram, TikTok, Twitter, Zoom ogohlantirildi!

Foto: «Itpex.net»

Roskomnadzor Google, Apple, Telegram, TikTok, Meta va boshqa IT-kompaniyalariga Rossiyada ofislarini ochishni buyurdi. Aks holda ular bloklab qo‘yilishi mumkin.

Ro‘yxatga jami 13 ta kompaniya kiritilgan: yuqoridagilardan tashqari, Twitter, Zoom, Discord, Twitch, Viber, Spotify, Likee va Pinterest ham bor.

2022-yil 1-yanvarga qadar ular Rossiyada o‘z vakolatxonasini ochishlari, RKN so‘rovlariga javob berishlari va o‘z saytida fikr-mulohaza shaklini joylashtirishlari kerak.

Rad qilganlar qidiruv natijalaridan chiqarib tashlanishi, reklama qilish hamda Rossiya jismoniy va yuridik shaxslaridan to‘lovlarni qabul qilish taqiqlanishi, shuningdek, qisman yoki to‘liq bloklab qo‘yilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring