Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google»ning yangi algoritmi ko‘z orqali yurak kasalligini aniqlay oladi

«Google»ning yangi algoritmi ko‘z orqali yurak kasalligini aniqlay oladi

Yangi dasturiy ta’minot bemor ko‘zining tubini skaner qilish orqali yurak kasalliklarini aniqlaydi.

Foto: «NV.ua»

«Google» qidiruv tizimining mutaxassislari sun’iy intellekt yordamida yurak kasalliklarini aniqlashning yangi usulini yaratdi. Yaratilgan algoritm shifokorlarga yurak-qon tomir kasalliklarini ko‘z pardasini skaner qilgan holda aniqlash imkonini beradi, deb xabar qildi «NV.ua».

«Google» kompaniyasining yangi dasturiy ta’minoti bemor ko‘zining tubini skaner qilish orqali uning yoshini, qon bosimini va ayrim zararli odatlarini aniq aytib bera oladi. Shundan so‘ng u orqali yurak xurujini boshqa zamonaviy usullar kabi taxmin qilish mumkin.

«Google» olimlari algoritmni yaratishda uch mingdan ortiq bemorning tibbiy ma’lumotlaridan foydalangan. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar ko‘z shoh pardasining skaner qilingan tasvirlarini ham o‘z ichiga oladi. Shundan keyin neyron tarmoqlar mavjud ma’lumotlar asosida shablonlarni yaratib, ular yurak-qon tomir kasalliklari xavfini bashorat qilish uchun ko‘zni aniq o‘lchov bilan tekshirish paytida nazorat qilish belgilarini bog‘lashni o‘rganadi.

Ixtirochilarning ma’lumotlariga ko‘ra, algoritm yurakdagi muammoni 70 foiz to‘g‘ri aniqlaydi. Bu esa qon topshirish orqali aniqlanadigan «SCORE» an’anaviy usuliga qaraganda 2 foizgagina kamroq demakdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring