Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hammasi o‘zgarib ketdi» – «Scratch» dasturlash tili bo‘yicha o‘quv kurslari bo‘lmoqda (video)

«Hammasi o‘zgarib ketdi» – «Scratch» dasturlash tili bo‘yicha o‘quv kurslari bo‘lmoqda (video)

Foto: Xabar.uz

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda murakkab dasturlash tili «C++» bo‘yicha o‘quv kurslari bo‘layotgani to‘g‘rida xabar bergan edik.

Mamlakatimiz AKT sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘laroq, 8-16 yoshli o‘quvchiga mo‘ljallangan turli animatsion o‘yinlar, multfilmlar yaratishga ixtisoslashgan «Scratch» dasturlash tili bo‘yicha ham o‘quv kurslari tashkil etildi.

Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha zamon talablari o‘zgarib borar ekan, informatika fani o‘qituvchilarini qayta o‘qitish va malakasini oshirish zaruriyati paydo bo‘ldi. «Xabar.uz» Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida bo‘lib, sohadagi o‘zgarishlarni kuzatdi.

Xalq ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonning 17 ta tumanida 15 nafardan, jami 255 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini «Scratch» dasturlash tili bo‘yicha malaka ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 72 soatlik o‘quv kurslari tashkil qilingan.

Xorazm viloyatida esa ayni shu dasturlash tili bo‘yicha 195 nafar o‘qituvchi kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallashmoqda. O‘quv jarayonlarini tashkil qilishda «CodeCraft» yaqindan yordam bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining 37-maktabi o‘qituvchisi Ulzada Jumamurodova o‘quv kursi bo‘yicha fikrlarni baham ko‘rdi: «Hammasi o‘zgarib ketdi. Avval men ayrim pedagogik o‘yinlarni o‘quvchilarga qo‘l telefonlarida o‘ynashlarini tavsiya qilardim. Hozir shu o‘yinlarni o‘zim yaratishni o‘rganyapman».

Respublikaning boshqa tumanlarida ham «Scratch» kurslari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha o‘qituvchilar yangi metodikalarni egallayotganlaridan mamnunligini bildirishdi.

«O‘zingiz yaratgan dasturni o‘quvchilarda qo‘llash zavqli», – deydi Xorazm viloyati Urganch shahar 18-maktab o‘qituvchisi Nilufar Jumaniyozova.

Ma’lumot o‘rnida, «Scratch» – bu asosan kodni o‘rganishda yordam beradigan 8-16 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan blokli vizual dasturlash tili va veb-sayti. Sayt foydalanuvchilari internetda blokka o‘xshash interfeys yordamida loyihalar yaratishlari mumkin. Xizmat 70 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va dunyoning aksariyat qismlarida qo‘llaniladi. «Scratch» qiziqarli va dasturlashni o‘rganish oson bo‘lishi uchun yaratilgan. Unda bloklarga asoslangan dasturlash yordamida interaktiv hikoyalar, o‘yinlar, badiiy, simulyasiya va boshqalarni yaratish uchun vositalar mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring