Hindistonlik talaba dunyodagi eng kichik changyutgichni yaratdi
Hindistonlik talaba, 23 yoshli Tapala Nadamuni o‘lchami bir santimetrdan kichik changyutgich yaratib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, yangi qurilmaning o‘lchami — atigi 0,65 sm, ya’ni 2022-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 0,2 sm kamdir.
Nadamuning aytishicha, shu kichik qurilmani yasash uchun bir necha yil mehnat qilgan.
Jajji qurilmaning ishlash tamoyili odatiy changyutgichlarniki bilan bir xil — elektr tokida ishlaydi, ichki salbiy bosim ostida chiqindilarni so‘rib oladi.
Mitti changyutgich korpusi uchun sharikli ruchka hamda boshqa xil plastik va metallar ishlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter