Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Honor ayfonni eslatuvchi smartfonini taqdim etdi — rostdan ham o‘xshaydimi?

Honor ayfonni eslatuvchi smartfonini taqdim etdi — rostdan ham o‘xshaydimi?

Foto: «GSMArena»

Bugun, 10 may kuni Xitoyda Honor Play 30 smartfoni taqdim etildi — Snapdragon 480+ 5G protsessori, katta akkumulyatorga ega va ko‘rinishidan iPhone 13 ga juda o‘xshash...

Smartfonning 6,5-dyuymli suyuq-kristall displeyi (720p) 5 MP selfi-kamera uchun tomchisimon kesimga ega. Ort paneli dizayni, ayniqsa, kameralar bloki yangi Apple telefonlarinikini eslatadi. Biroq bu blokda atigi bittagina 13 megapikselli kamera va yorug‘lik diodli chaqin joylashtirilgan, xolos.

Operativ xotirasi — 4/8 GB, ichki xotirasi — 128 GB, microSD sloti xotirani 512 gigabaytgacha kengaytirish imkonini beradi.

Akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs, biroq faqat 10 Vt quvvatlash texnologiyasida ishlaydi.

Narxi hozircha noma’lum, ayfonga faqat ko‘rinishi o‘xshovchi smartfon qimmat bo‘lmasa kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring