Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei Cup 2021 musobaqasiga start beriladi

Huawei Cup 2021 musobaqasiga start beriladi

Huawei kompaniyasi Huawei Cup 2021 – AKT sohasidagi Yevrosiyo musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanganini e’lon qildi. Huawei kompaniyasi 2015 yildan buyon AKT sohasidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun ushbu ta’lim loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Uning maqsadi – iqtidorli yosh AKT mutaxassislarini jalb qilish va ularni kasbiy sifatlarini mustaqil ravishda rivojlantirishga qiziqtirishdir. Hozirgi kunga qadar tanlovda 50 mingdan ortiq talabalar va yosh AKT mutaxassislari ishtirok etishdi. Bu yilgi ro‘yxatga olish ishlari 23 avgustdan boshlandi.

Huawei Yevroosiyo kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Say bu borada shunday deydi:

«Huawei Cup – bu Huawei kompaniyasining Yevrosiyodagi yetakchi ta’lim loyihasi bo‘lib, u yetti yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazilib kelmoqda va zamonaviy AKT yechimlari bilan ishlashni biladigan minglab iqtidorli yoshlarni birlashtirmoqda. Musobaqa ishtirokchilari – ta’lim muassasalarida berilayotgan bazaviy ta’lim bilan chegaralanib qolmayotgan, sinchkov aqliy o‘sish va kamol topish uchun yangiliklarni izlayotgan, yangi bilim va innovatsion yechimlarga intilayotgan shijoatli yoshlardir. Huawei Cup musobaqasi eng yangi trendlar va texnologiyalar bilan tanishish, martaba istiqbollarini kengaytirish va AKT sohasidagi xalqaro ekspertlar hamjamiyatining bir qismi bo‘lishlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etayotganidan xursandmiz. Ishonchim komilki, Huawei Cup barcha uchun AKT sohasida professional yutuq va tadqiqotlar sari ilk qadam bo‘ladi va butun mintaqaning dinamik rivojlanayotgan IT sohasiga ko‘plab innovatsiyalarni olib kiradi».

Musobaqalarda Rossiya, Belarusiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjondan bo‘lgan 18 yoshga to‘lgan, 2021 yilgi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari, aspirantlari va bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilar bepul onlayn maktabda o‘z professional darajasini oshirishlari va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Huawei ekspertlariga tegishli vebinarlar va ma’ruzalar juda ko‘p narsalarni bilib olishga yordam beradi. Ushbu maktab Huawei kompaniyasining amaliy keyslari va yangi texnologiyalari bilan tanishtiradi.

Musobaqalar bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish 23 avgustdan boshlanadi, birinchi bosqich viktorinasi 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Bu yil tanlov oltita nominatsiyada o‘tkazildi: AI (sun’iy intellektning modellari va usullari), Storage (ma’lumotlarni saqlash tarmoqlarini qurish), IP (IP tarmoqlarining texnologiyalari va protokollari), 5G (yangi avlod mobil aloqa texnologiyalari va standartlari), APP (Mobil ilovalarni loyihalash) va yangi jurnalistlar uchun IKT Observer (AKT kuzatuvchisi) nominatsiyasida g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun huaweicup.ru saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Huawei kompaniyasi yosh iste’dodlarning barchasiga raqamli bilimlarni egallashlari uchun teng imkoniyatlar taqdim etishga intilmoqda. Huawei Cup mintaqaviy musobaqalari bilan bir qatorda, kompaniya har yili «Seeds for the Future» loyihasini o‘tkazadi va bu loyiha joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. «Seeds for the Future» loyihasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, INHA universiteti, Yeoju texnika instituti, Amiti universiteti va Turin politexnika universiteti talabalari ishtirok etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring