Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» jurnalistlar uchun eshiklarini ochdi (foto)

«Huawei» jurnalistlar uchun eshiklarini ochdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

«Huawei Uzbekistan» kompaniyasi o‘zining eng ilg‘or va so‘nggi texnologiyalari hamda yechimlari, O‘zbekistonda amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishtirish uchun jurnalistlarni Toshkentdagi Innovatsion va integratsion yechimlar bo‘yicha mijozlar markazi (SSIC)ga taklif etdi.

Smartfonlardan telekommunikatsiya qurilmalarigacha, Narsalar interneti (IoT)dan 5G texnologiyalarigacha, buyog‘i sun’iy intellekt (AI), «xavfsiz shahar» deysizmi, xullas, bu kompaniya kirib bormagan soha yo‘q. Shunchaki «kirib borish» boshqa, yetakchilar qatoriga kirish esa alohida masala.

Avvaliga kompaniya ishlanmalari taqdimoti o‘tkazildi: eng so‘nggi model smartfonlari, 5G texnologiyalari, data-markazlar, mediavositalar haqida mutaxassislar so‘zlab berishdi.

Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»
Foto: «Xabar»

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga «Huawei Uzbekistan» direktori Lyu Szyasin hamda PR-direktori Davron Azizov javob berishdi.

Foto: «Xabar»

— O‘zbekiston tabiiy resurslarga, masalan, gaz va oltinga boy mamlakat, ammo bundan-da katta boyligingiz bor, bu — inson resurslari. Mana shu ikki narsa: tabiiy boyliklar va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan kadrlar tayyorlash tizimi iqtisodiyotni gullatishi tayin. Bunga Xitoy tajribasi yaqqol misoldir. Kompaniyamiz O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada taraqqiy etishidan manfaatdor va doim hamkorlikka tayyor, — dedi Lyu Szyasin.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 170 dan ziyod mamlakatda har uchinchi inson «Huawei» innovatsion mahsulotlari, yechimlari va servislaridan foydalanmoqda. E’tiborli bir jihat, xususiy kompaniya sifatida tashkil etilgan (1987-yilda) «Huawei» ko‘p o‘tmay global bozorga chiqdi. Masalan, O‘zbekistonga 1999-yili ilk marotaba kirib kelganida asos solinganiga edi 12 yil to‘lgandi. 2005-yilda esa «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ xorij kompaniyasi tashkil topdi. Bugunga kelib «Huawei Uzbekistan»da 300 nafar xodim mehnat qilmoqda, shularning 60 foizi mahalliy kadrlar.

O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi «Huawei» qurilmalariga asoslangan aloqa xizmatlaridan foydalanmoqda.

Kompaniya O‘zbekistondagi aloqa operatorlari, internet provayderlari, tizim integratorlari va davlat kompaniyalari bilan hamkorlikni boshlaganiga 20 yil to‘ldi. AKT sohasida hamkorlikdan tashqari, kompaniyaning shu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash va va boshqa ijtimoiy loyihalari ham tilga olgulik. Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan 2014-yili «Seeds for the Future» («Kelajak nihollari») bitimi imzolangan. TATU va INHA talabalari uchun kompaniya stipendiyalari joriy etilgan, har yili 10 nafar talaba amaliyotni Xitoyda o‘tab qaytadi. Qolaversa, kompaniya ishtirokida tashkil etilgan ilmiy va amaliy loyihalarda faol qatnashgan o‘qituvchi va talabalar ham rag‘batlantirib kelinmoqda. Bulardan tashqari, kompaniya TATUda akademiya (HAINA) va «aqlli sinf» ochgan (bunday sinflardan yana ikkitasi poytaxtdagi maktab va litseyda ochilgan), mamlakatimiz sportchilarini har tomonlama qo‘llab kelmoqda.

«Huawei»ning O‘zbekistondagi muhim loyihalari

  • «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» milliy operatori tarmog‘ini yaratish
  • «O‘zbektelekom» AK ma’lumotlarni ishlash va saqlash markazini yaratish (2015)
  • Hududlarda «O‘zMobayl» mobil tarmog‘i (CDMA 450)ni yuqori tezlikdagi internet (EVDO texnologiyasi) bilan birga rivojlantirish (2015)
  • «O‘zbektelekom» AK magistral tarmoqlarini mamlakatimiz tuman markazlarigacha kengaytirish va ishonchliligini oshirish
  • Keng polosali ulanishning optik tarmoqlarini (FTTx texnologiyasi) rivojlantirish
  • Qishloq hududida «UMS» mobil operatori bilan birga RuralStar yechimining ilk marotaba ishga tushirilishi
  • «Beeline Uzbekistan» bilan birga 5G standartining ilk sinovdan o‘tkazilishi.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida 2019-yilning 25-aprel kuni «Huawei» kompaniyasining Pekindagi Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘shanda «Huawei» asoschisi Jen Chjenfey bilan mamlakatimizda «Xavfsiz shahar», «Elektron hukumat» va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish masalalari muhokama qilingandi.

Kompaniyaning sun’iy intellektga asoslangan texnologik yechimlariga yuqori baho bergan Shavkat Mirziyoyev shunday degandi: «Yangi texnologiyalarni jalb etishdan oldin ularni ishlatuvchi mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish juda muhim. Kompaniya bilan avvalo ushbu yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilish, mamlakatimizda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring