Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei va Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Huawei va  Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Barselonadagi Butunjahon Mobil Kongressi (MWC 2023) doirasida Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi aloqa operatorlari infratuzilmasini mustahkamlash to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobil Jahon Kongressi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Mahsudov Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo hududidagi aloqa operatorlari bilan ishlash bo‘limi prezidenti An Szyan va Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay bilan uchrashdi.

Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni va o‘tgan yili MWC 2022 tadbirida tuzilgan Memorandum doirasidagi qo‘shma ishlar, jumladan, Toshkent va Samarqandda yagona ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazini muvaffaqiyatli ishga tushirish hamda 5G texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qildilar, shuningdek mamlakatda AKT infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi yangi rejalarni belgilab oldilar.

«Raqamli infratuzilma misli ko‘rilmagan yangi talablarga duch kelmoqda. 5G texnologiyalari, bulutli hisoblash va Sun’iy intellektning o‘zaro birlashuvi aloqa operatorlariga foydalanuvchilarning o‘zgaruvchan yehtiyojlarini optimal ravishda qondirishga, hamda foydalanuvchilarga va sanoatga yangi marralarga ko‘tarilish va yaxshi tajribalar orttirish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. MWC 2023 kabi global tadbirlar doirasida O‘zbekistonni raqamlashtirish masalasini tartibga soluvchi organlar va aloqa operatorlari bilan muhokama qilish va birgalikda rejalashtirish soddalashtirilgan, ekologik toza va intellektual AKT infratuzilmasini yaratish uchun mavjud muammolarni chuqurroq o‘rganish va ularni hal qilish yo‘llarini topish imkonini beradi. Umid qilamizki, bizning hamkorligimiz 5G ning keng miqyosda rivojlanishiga, shuningdek, kelgusida 5,5G ga o‘tishga zamin yaratadi», — dedi Chen Szyakay.

Barselonadagi Butunjahon Mobil Kongressi har yili aloqa operatorlari, yirik IT-kompaniyalari va AKT sohasini tartibga soluvchi organlarni bir joyga jamlaydigan AKT texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbirlardan biridir. Kongress doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, quyi tashkilotlar va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi MWC 2023 tadbirida va Huawyei kompaniyasining boshqa qator tadbirlarida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring