Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Humo Davaktiv agentligiga o‘tkazildi

Humo Davaktiv agentligiga o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

«Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–381-son, 30.11.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:

  • 2024 yil 1 iyuldan – to‘lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so‘mni, to‘lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so‘mni;
  • 2025 yil 1 iyuldan – to‘lov tashkilotlari uchun 20 mlrd so‘mni tashkil etadi.

«Milliy banklararo protsessing markazi» MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.

Elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish hamda lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish funksiyalari Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga o‘tkaziladi.

O‘g‘rilik, firibgarlikka chek qo‘yish uchun Markaziy bankka tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga bank kartalari bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar sodir etilganda, bank kartalari, bank hisobvaraqlari va mobil ilovalardagi hisobvaraqlardan foydalanishni 3 kungacha vaqtincha cheklash to‘g‘risida majburiy ko‘rsatmalar berish vakolati berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring