Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ICTWEEK UZBEKISTAN 2022: «Yashil» raqamli rivojlanishni tezlashtirish uchun Huawei yechimlari

ICTWEEK UZBEKISTAN 2022: «Yashil» raqamli rivojlanishni tezlashtirish uchun Huawei yechimlari

Samarqand shahrida yilning eng yorqin va eng muhim tadbirlardan biri — ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi. Mahalliy va mintaqaviy AKT hamjamiyatining faol a’zosi hisoblangan Huawei ICTEXPO axborot texnologiyalari ko‘rgazmasida va haftalik dasturi doirasidagi sessiyalarda o‘zining raqamli yechimlarini taqdim etmoqda. Joriy yilda asosiy e’tibor AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha innovatsiyalarga, jumladan, 5G tarmog‘idan foydalanish doirasini yanada kengaytirish, energiya tejovchi va «yashil» AKT texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, raqamli energetikani rivojlantirish, sanoat va davlat sektorini raqamlashtirishga qaratilmoqda.

ICTWEEK Uzbekistan tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yutuqlarni namoyish etish uchun gavjum maydon bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. «Raqamli O‘zbekiston» strategiyasini amalga oshirishdagi ildam qadamlarni hisobga olgan holda, tadbir O‘zbekiston IT-bozorini kengaytirish va rivojlantirish, mintaqaviy hamkasblar bilan raqamli rivojlanish va telekommunikatsiya sohasini yanada mustahkamlash bo‘yicha rejalarni muhokama qilish, shuningdek, mamlakatning barqaror rivojlanishida texnologiyalarning o‘rni haqida odamlarga ko‘proq ma’lumot yetkazish va O‘zbekiston aholisi o‘rtasida IT-sohasini ommalashtirish uchun muhim maydon vazifasini bajaradi.

«Huawei kompaniyasi 23 yildan ortiq vaqtdan beri mahalliy aloqa operatorlari, davlat sektori va ekotizim bo‘yicha o‘zining hamkorlari bilan birgalikda O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishda, xususan 2G tarmog‘ini joriy etish va o‘rnatilgan aloqani rivojlantirishdan boshlab 5G ni ishga tushirish, bulutli texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishgacha bo‘lgan barcha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda. ICTWEEK — IT sohasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va O‘zbekistonning istiqbolli innovatsiyalar asosidagi salohiyatini ochish imkoniyatlarini namoyish etish uchun o‘tkazilayotgan eng muhim tadbirdir. Bugun biz davlatni raqamlashtirishni tezlashtirish va mamlakatning «yashil» rivojlanish bo‘yicha rejalarini amalga oshirishga yordam beradigan yechim va ishlanmalarimizni taqdim etayotganimizdan mamnunmiz», — dedi Huawei O‘zbekiston direktori Chen Szyakai.

ICEXPO ko‘rgazmasida kompaniya aloqa operatorlari uchun asosiy yechimlarning afzalliklarini, shu jumladan quyidagilarni namoyish etdi:

• Barcha ssenariylarni qo‘llab-quvvatlash va tabaqalashtirilgan tajriba taqdim etilishining kafolatlanishini ta’minlovchi intellektual multiservisli transport tarmoqlari;
• Internet tarmog‘i gigabit servisini ta’minlashning yangi turi sifatida FTTR keng polosali ulanish uchun yuqori darajadagi yechimlar;
• Operatorlarga xizmat ko‘rsatish, tarmoqni rivojlantirish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash nuqtai nazaridan biznes maqsadlariga erishishga yordam beradigan 5G tayanch tarmoqlarining konvergent yechimlari.

AKT mahsulotlarining to‘liq portfeliga ega bo‘lgan Huawei turli tarmoqlar va sanoatga aqlli kampus yechimlari, katta ma’lumotlar analitikalari, sun’iy intellekt va superkompyuter markazlari, shuningdek, to‘liq stekli ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun yechimlarga asoslangan raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini taqdim etadi.

FusionDC 1000B yangi avlod yig‘ma modulli ma’lumotlarni qayta ishlash markazi AKT konvergensiyasi ssenariylari uchun moslashuvchan konfiguratsiya va sig‘imni tezkor kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydigan modulli infratuzilma yechimidir. Barcha modullar zavodda oldindan tayyorlangan bo‘lib, obektda ish yukini kamaytirish, yuqori sifatni kafolatlash va qisqa muddatda keng yoyish imkonini beradi. O‘zbekiston elektron hukumati uchun ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazini ishga tushirish bo‘yicha yaqinda amalga oshirilgan loyiha mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish uchun bulutli texnologiyalarni joriy etishning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.


Bulutli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar O‘zbekistondagi mahalliy mijozlarni AKT innovatsiyalari sohasida qo‘llab-quvvatlash uchun ilg‘or texnologiyalar va yirik hisoblash quvvatidan teng darajada foydalanish imkoniyatini taqdim etishga qodir HUAWEI CLOUD bazasidagi ommaviy bulutli platformalarni kengaytirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ko‘rgazma stendida asosiy e’tibor barcha ssenariylar bo‘yicha aqlli fotoelektr tizimlarini yaratish, xususan ishlab chiqarish, tijorat va sanoat sektoriga mo‘ljallangan yirik elektr stansiyalarni tashkil etish va maishiy quyosh elektr stansiyalari bozorini yaratish uchun «yashil» yechimlarni integratsiyalash, kuch energetikasini rivojlantirish va energiyani saqlashga qaratildi. Huawei global mijozlari va hamkorlari bilan birgalikda minglab sanoat va uy xo‘jaliklariga foyda keltirish, uglerod neytralligiga erishishni tezlashtirish va birgalikda «yashil» kelajakni qurish uchun fotoelektr tarmoqlarini asosiy energiya manbai sifatida taqdim etmoqda.

Aqlli qurilmalar ishqibozlari uchun kompaniya O‘zbekiston bozoriga Huawei Nova Y70 va Huawei Nova Y90 kabi yangi smartfonlarni, shuningdek, R50 smartfonlar seriyasini va bir qator aksessuarlarni taqdim etdi.

Huawei AKT haftaligining Bosh homiysi sifatida barchani o‘z ko‘rgazma zaliga, shuningdek ICTWEEK 2022 doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qiladi, bunda kompaniya ma’ruzachilari kompaniyaning O‘zbekiston va butun Yevroosiyo mintaqasining raqamli rivojlanishi borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashadilar. ICTWEEK 2022 2022-yilning 24-27-oktyabr kunlari Silk Road Samarkandda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring