«ICTWEEK Uzbekistan 2019»: O‘zbekistonda AKT haftaligi o‘tadigan kunlar ma’lum bo‘ldi
«ICTWEEK UZBEKISTAN» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — axborot texnologiyalari sohasida 2004-yildan beri har yili o‘tkazib kelinayotgan yirik va muhim tadbir. Haftalik Sammit, Forum, Ko‘rgazma, matbuot anjumanlari, taqdimotlar, aksiyalar, mukofotlash va boshqa ko‘plab tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
AKT haftaligi an’anaviy tarzda qator ixtisoslashgan tadbirlarni yagona format ostida birlashtiradi.
Bu yilgi O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — «ICTWEEK Uzbekistan 2019» 24—27-sentyabr kunlari Toshkent va Farg‘onada o‘tkaziladi.
«ICTWEEK»ni o‘tkazishdan asosiy maqsad tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etishdir. Qolaversa, bu O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozori jozibadorligini chet ellik investorlarga namoyish etish, davlat, kompaniyalar va iste’molchilar o‘zaro hamkorligi uchun ajoyib maydondir.
Haftalik O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
«ICTWEEK Uzbekistan 2019» tashkilotchisi — «ICTNEWS Conferences» («CIBGROUP» MChJ).
«ICTWEEK» tadbirlari:
Matubot anjumani. Toshkent shahrida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. Jurnalistlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi tadbirlariga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.
Forum. Munozaralar formatida tashkil etiladigan forum qatnashchilari joriy yil IT-soha taraqqiyoti yakunlarini sarhisob qilib, soha oldida turgan strategik vazifalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashishadi, hukumat hamda xalqaro axborot texnologiyalari kompaniyalari va venchurlik fondlari vakillari — investorlar o‘rtasida dialog o‘tkaziladi.
Forum qatnashchilari — davlat boshqaruv organlari, aloqa va axborot texnologiyalari sohasi korxona va tashkilotlari rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, xalqaro IT-kompaniyalar vakillari.
Forumdagi munozaralar mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan strategik yechimlar va dasturlar ishlab chiqishga zamin yaratadi. Ziddiyatli masalalar tahlil qilinib, rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi.
«ICTEXPO» — «ICTWEEK» haftaligining eng muhim tadbirlaridan bo‘lib, yildan-yilga eksponent-kompaniyalar, O‘zbekiston bozoriga qiziquvchi mamlakatlar soni oshib boryapti. Har yili ko‘rgazmaga 16000 nafardan ortiq kishi tashrif buyuradi.
«ICTWEEK Uzbekistan» doirasida boshqa qator tadbirlar ham o‘tkaziladi.
O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi yakunida mukofotlash marosimi o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter