Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Idevice brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rnini topmoqda

Idevice brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rnini topmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand shahridagi «Business Group XXD» korxonasi bilan hamkorlikda korxonamizda ishlab chiqarilgan turli xildagi elektr rozetkalar va o‘chirib, yoquvchi qurilmalar (rozetka va viklyuchatellar) bilan ichki bozorni ta’minlash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2021-yilning 6-fevralida Samarqand shahrida joylashgan «Registan Plaza» mehmonxonasida Samarqand viloyatidagi hamda respublikaning boshqa viloyatlaridagi hamkor dillerlar ishtirokida ko‘rgazma taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda korxonaning istiqboldagi yangi loyihalari taqdimoti o‘tkazilib, 2020 yil yakunlariga ko‘ra, savdo hajmini oshirilishiga munosib hissa qo‘shgan hamkorlar korxonaning qimmatbaho sovg‘alariga sazovor bo‘lishdi. Bundan tashqari yuqori natijaga erishgan hamkorimiz chet elga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

N.Rahimov,
«Telecom Devices PRO» bosh direktori

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring